RUUZEN
Oʻyinlar

«Qizgʻin raqobat» seriali asosida «Monopoliya»ning maxsus nashri chiqariladi

Hasbro xokkey haqidagi melodramatik serial Heated Rivalry asosida yaratilgan stol oʻyinini taqdim etdi. Savdolar 2027-yil may oyida boshlanadi.

12-noyabr, 13:12По-русски

Read in English

«Monopoliya»ning mavzuli nashrida oʻyinchilar serialdagi lokatsiyalar va koʻchmas mulklarni, jumladan, shahar tashqarisidagi uychani sotib olishlari mumkin. Boshqa ishtirokchilar bankrot boʻlganidan keyin pullarini saqlab qolgan oʻyinchi gʻolib boʻladi.

Oʻyin uchun serial bilan bogʻliq oltita mavzuli fishka tayyorlandi: konkida uchish moslamasi, tunetsli sendvich, smuzi solingan stakan va boshqa buyumlar. Toʻplamga serialdagi voqealar hamda bosh qahramonlar Ilya Rozanov va Shane Hollanderning yozishmalariga ishoralar berilgan «Xabarlar va tabloyidlar» kartochkalari ham kiradi. Ular munosabatlarini yashirish uchun Lily va Jane kabi uydirma ismlardan foydalangan.

Nashr Hasbro hamda serial yaratuvchisi Jacob Tierney asos solgan Accent Aigu Entertainment kompaniyasining rasmiy litsenziyasini olgan. Oʻyin dizayni birinchi mavsumga asoslangan, biroq ishlab chiqaruvchi voqealar davomidagi keyingi hikoyaga ham ishoralar boʻlishini vaʼda qilmoqda.

Amazon va Walmartʼda oldindan buyurtma berish allaqachon boshlangan. Oʻyin 17 yoshdan kattalar auditoriyasiga moʻljallangan va 2027-yil may oyida — ikkinchi mavsumning kutilayotgan premyerasidan biroz oldin sotuvga chiqadi.

Bundan tashqari, muxlislar birinchi mavsumning 4K va Blu-ray formatlaridagi kolleksion nashrini xarid qilishlari mumkin. Unga barcha olti epizod, suratga olish jarayoni haqidagi qoʻshimcha materiallar, poster, kolleksion kartochkalar va VHS videokassetalari uslubidagi qadoq kiradi.